Yo'riqnoma

 

Modul tizimi asosida elektron majmua yaratish bo’yicha

YO’RIQNOMA

 

         Elektron majmuaning asosiy vazifasi professor-o’qituvchi hamda talaba o’rtasidagi turli xil elektron resurslar almashinish, majmuaga vazifa va masalalarni joylashtirish orqali ta’lim berish samarasini oshirish hisoblanadi.

         Professor-o’qituvchi fan bo’yicha o’z moduli-elektron majmuani shakllantiradi. Kafedra muhokamasidan o’tkazgandan so’ng, professor-o’qituvchi uni kurs boshlanishdan avval, veb-saytdagi maxsus portalga joylashtiradi.

        

Elektron majmuaning afzalliklari:

-       talabalar ushbu blogga tashrif buyurib, kerakli bo’lgan ma’lumotlarni oldindan yuklab olish va mustaqil ta’lim olish imkoniyatiga ega bo’ladi.

-       professor-o’qituvchi modulga qo’shimchalar kiritish, tegishli materiallar qo’yish, muhim e’lon va baholash natijalarini joylashtirib borishi kabi operativ o’zgartirishlarni amalga oshirish imkoniyatiga ega bo’ladi.

-       professor-o’qituvchilar o’z pedogogik usullarini namoyon eta olishiga kengroq imkoniyat yuzaga keladi, multimedia resurslarini to’g’ridan-to’g’ri joylashtirish mumkin va eng muhimi, professor-o’qituvchining modul materiallari sifatini ta’minlashdagi mas’uliyati oshadi.

-       talabalarga masofada turib ma’lumotlarni olish imkoniyati yuzaga keladi va qog’oz sarfi kamayadi.

        

Modul-elektron majmua fan bo’yicha yaratilgan quyidagi materiallarni o’z ichiga oladi:

-         Sillabus

-         Amaliy, seminar mashg’ulotlarning taqdimotlari

-         Tarqatma materiallar

-         Vaziyatli masalalar

-         Test topshiriqlari

-         Labaratoriya ishlari

-         Amaliy ko’nikmalar

-     Videoroliklar

-     Keys stadiy